Boyovut tumani hokimligi muassisligidagi «Nurli istiqbol« gazetasi ikki yillik tanaffusdan soʻng yana qayta chop etila boshladi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
Albatta, bu Erkinjon Turdimovning tashabbusi bilan boʻlsa, ajabmas.
Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayevga koʻra, tuman-shahar hokimliklari muassisligidagi 14 ta gazetaning 7 tasi 2-3-yildan beri chiqarilmayapti.
Tizimga toʻgʻri va oqilona yondashuv sabab joriy oydan boshlab 3 ta bosma matbuot chop etilmoqda. Qolgan 4 ta gazeta faoliyati kelasi oydan tiklanishi maʼlum qilindi.