Nurobod qo'rg'onida muhtasham “Madaniyat markazi” bunyod etiladi. Ushbu madaniyat saroyi binosi qurilishi uchun 0,78 gektar er maydoni ajratilgan bo'lib, markaz katta zalining sig'imi 400 kishiga mo'ljallangan. Bundan tashqari, zal teatr va boshqa tomoshalar uchun ham moslashtirilgan bo'ladi.

Ushbu markazda shuningdek, yoshlar uchun turli musiqa va raqs to'garaklari tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Qurilish ishlari yaqin kunlarda boshlanadi.