“Nursultan Nazarbayev o'zini yaxshi his qilmoqda, kasallik simptomlarsiz kechmoqda. Tana harorati barqaror, koronavirus uchun xarakterli bo'lgan simptomlar kuzatilmadi. Qozog'istonning birinchi prezidenti vrachlar kuzatuvchida. Shuning uchun tashvishlanishga hojat yo'q”, — deydi Ukibay.

Uning aytishicha, Nazarboev masofadan ishlamoqda. “Shu kunlarda Nursultan Abishevich hamkor davlatlar rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi,” deydi u.

Matbuot kotibning so'zlariga ko'ra, Nazarboyev uning uchun qadrli bo'lgan qator davlatlar etakchilari bilan birga mamlakatning mehnat jamoalaridan nomiga kelayotgan barcha telegramma va xatlarni o'qimoqda.

Eslatib o'tamiz, Qozog'istonning birinchi prezidenti matbuot xizmati shu yilning 18 iyun kuni Nursulton Nazarboevning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqani, shu bois Elboshi o'zini o'zi himoyalash va masofadan ishlash tizimiga o'tgani haqida xabar bergandi.