UFCdagi debyut jangida braziliyalik Bruno Ferreyrani ilk raundda nokautga uchratgan hamyurtimiz birinchi jangi uchun 16 000 dollar ishlab olgani maʼlum boʻldi. Bundan tashqari, Nursulton “eng yaxshi ishtirok” uchun 50 000 dollar miqdorida bonusga ham ega boʻldi. Shunday qilib, Nursulton Roʻziboyev UFCdagi birinchi jangi uchun umumiy hisobda 66 000 dollar ishlab oldi. Roʻziboyevning raqibi Bruno Ferreyra esa bu jang uchun 16 000 dollar bilan cheklandi.

Maʼlum boʻlishicha, UFC Nursultonga jang uchun 12 000 dollar, reklama uchun esa 4 000 dollar toʻlagan.

Qayd etish joiz, liga jangchilarga oʻz formalarida Reebok kompaniyasini reklama qilishi uchun pul toʻlaydi. Bunda jangchilarning maqomi, yaʼni UFCda nechta jang oʻtkazgani va nomdorligi rol oʻynaydi.