Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

    Amerikaning protsessorlar ishlab chiqaruvchisi Nvidianing kapitallashuvi seshanba kungi birja savdolari natijalariga ko'ra, dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi Microsoft kompaniyasining kapitallashuvidan oshib ketdi.

    Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, Nvidia aktsiyalari narxi kechqurun 3,3 foizga oshib, har bir aksiya uchun 135,41 dollarni tashkil etdi, bu esa barcha vaqtlardagi yangi rekordga aylandi.

    Qimmatli qog'ozlar bozori statistikasiga ko'ra, o'sha paytda kompaniyaning kapitallashuvi 3,328 trillion dollarga yetdi, Microsoftning bozor qiymati esa 3,322 trillion dollarni tashkil qildi.

    Apple dunyodagi eng qimmat kompaniyalar orasida uchinchi o'rinni egalladi.

    Grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi Nvidia 1999-yilda tashkil etilgan. Fevral oyida kompaniyaning bozor qiymati kompaniya tarixida birinchi marta ikki trillion dollardan, iyun oyi boshida bu ko'rsatkich uch trilliondan oshdi. Joriy yil boshidan buyon uning qimmatli qog'ozlari qiymati 2,7 barobarga yuqoridi. Kompaniya sun'iy intellekt sohasidagi ishlanmalar bilan ham shug'ullanadi. Bosh qarorgohi Kaliforniyaning Santa-Klara shahrida joylashgan, deb xabar beradi report.az.