“Nvidia” kompaniyasi “Apple”ni ortda qoldirib, dunyodagi ikkinchi eng qimmat kompaniyaga aylandi

    Amerikaning chip ishlab chiqaruvchi “Nvidia” kompaniyasining bozor kapitallashuvi 3 trillion dollardan oshib, “Apple”ni ortda qoldirib, dunyodagi ikkinchi eng qimmat kompaniyaga aylandi.

    Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

    “Nvidia” aktsiyalari 5-iyun kuni 5,2 foizga oshgani aytilmoqda. Bitta qimmatli qog'ozning narxi 1224,4 dollargacha ko'tarilib, kompaniyaning taxminiy qiymati 3,012 trillion dollardan oshdi, deyiladi hisobotda. Qayd etilishicha, “Apple”ning bozor kapitallashuvi o'sha kuni birja yopilishida 3,003 trillion dollarni tashkil qilgan. “Microsoft” hali ham bozor kapitallashuvi 3,15 trillion dollarni tashkil etgan dunyodagi eng qimmat kompaniya bo'lib qolmoqda, deb xabar beradi tass.ru.