Hindiston poytaxti rasmiylari havodagi chang miqdorini kamaytirish uchun shunday yo'l tutishga qaror qilishdi.
Dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari yo'llarda faqat davlat raqamlari toq son bilan tugaydigan avtomobillar harakatlanishi mumkin. Raqamlari juft son bilan tugaydiganlar uchun ruxsat etilgan kunlar – seshanba, payshanba va shanba.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, bu bir hafta davomida deyarli 10 million nafar aholiga noqulaylikni yuzaga keltiradi. Yuk tashish yo'lanishida ham muammolar yuzaga kelib, 50 million tonnadan ortiq yukning o'z vaqtida yetkazib berilmasligiga olib keladi, deb xabar beradi mir24.tv.