Avtomobillar bilan bog'liq muammo “toq-juft” tizimi orqali hal qilinadi: oyning juft raqamli kunlarida faqat raqamlari juft bo'lgan avtomobillarda, toq raqamli kunlari esa toq raqamli avtomobillar bilan harakatlanishga ruxsat beriladi. Shu yo'l bilan yoqilg'ini tejash va atmosferaga kamroq zarar yetkazish ko'zda tutilgan.
Cheklovlar ta'lim yo'lanishiga ham daxldor. Hozirda kuchli tutun tufayli 5-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar uchun darslar to'xtatilgan.
Hindiston poytaxtida havo sifati kuzda keskin yomonlashdi. Bunga Dehli okrugida avtomobillarning ko'pligi va yonayotgan dalalar sabab bo'lmoqda. Qishloq xo'jaligi ishchilari somonni olib tashlash uchun kerakli asbob-anjomlarni sotib olish imkoniyatiga ega emas va shuning uchun ularning qoldiqlarni dalalarda yoqishga majbur bo'lishmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.