Ijtimoiy himoya, kambagʻallik va ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ayollar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlashni ragʻbatlantirish, shuningdek, kasbiy tayyorgarlik dasturlarini amalga oshirish sohasida ilgʻor tajriba va kompleks strategiyani amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorlik kelishuviga erishildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlik yordamini koʻrsatishni nazarda tutuvchi ikki tomonlama oʻzaro Anglashuv Memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati.