Migrantlarning ko‘p qismi boshpana izlab tilanchilik qilayotganligi hamda jinoyatlarning ko‘p qismini ular qilayotganligi tufayli mahalliy aholi tomonidan shikoyatlar bo‘lgan.
Mahalliy aholi shikoyatlaridan so‘ng Nyu-York hukumati migrantlarning tungi vaqtda shaharda harakatlanishini cheklashni rejalashtirayotganini aytdi.
Cheklov to‘rtta markazda joylashgan migrantlarga taʼsir qiladi: Kvins, Manxetten va Bruklin.
Migrantlar u yerda soat 23:00 dan 6:00 gacha qolishlari kerak bo‘ladi.
Agar tungi ish yoki o'qish talab qilsa, migrantlar komendantlik soatidan ozod bo'lish uchun ariza berishlari mumkin. Bundan tashqari, adliya organlariga yoki tibbiyot muassasalariga tashrif buyurgan migrantlar ham cheklovlardan ozod bo‘ladi.
Qoidabuzarlar, shuningdek, markazdan tashqarida 30 kun ichida uch marta topilganlar deportatsiya qilinishi mumkin.