MDH tashqi ishlar vazirlari kengashining bo'lajak majlisi to'g'risida

    Xalqaro hamkorlik 9 May 2020 1375

    2020 yil 12 may kuni O'zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga raisligi doirasida videokonferentsaloqa shaklida Hamdo'stlikka a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo'lib o'tadi.

    O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov raisligida o'tadigan majlis ishida Armaniston, Belarus`, Moldova, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog'iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo'mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadilar.
    Tadbir davomida xalqaro kun tartibining va Hamdo'stlik formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, MDH doirasida 2019 yilga mo'ljallangan ko'p darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar rejasining bajarilishi va 2020 yil uchun Rejani tasdiqlash, shuningdek koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish muammolarini muhokama qilish ko'zda tutilgan.
    Majlis yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.