OAV: 7 kishi Isroilning G'azo markaziga uyushtirgan havo hujumlari qurboniga aylandi

    Isroil armiyasining G'azo sektori markazidagi Dayr al-Balohdagi tinch aholi infratuzilmasiga zarba berdi.

    Oqibatida kamida to'rt kishi halok bo'ldi. Bu haqda Falastinning WAFA axborot agentligi xabar berdi.

    Unga ko'ra, Isroil harbiy-havo kuchlari shaharning turli hududlaridagi ikkita uyni bombardimon qildi. Ushbu hujumlar oqibatida bir binoda ikki kishi halok bo'ldi, ikkinchisida ham shuncha odam qurbon bo'ldi. Ular orasida bola ham bor.

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Isroil mudofaa kuchlari anklavning markaziy qismidagi Bureyj qochqinlar lageriga ham havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida 3 nafar falastinlik qutqaruvchi halok bo'ldi, deb xabar beradi tass.ru.