Portlash sabablari noma'lum. Ba'zi manbalarning ta'kidlashicha, bu raketa yoki uchuvchisiz uchoq bilan bog'liq havo hujumi bo'lishi mumkin.
Portlash AQSh Prezidenti Donald Tramp Afg'oniston hukumatiga Bag'ram harbiy-havo bazasini Vashingtonga berishdan bosh tortsa, ularga zarar yetkazish bilan tahdid qilgan navbatdagi bayonotidan bir necha soat o'tib xabar qilingan. Tolibon, o'z navbatida, Trampning talabini rad etib, “xorijiy harbiy ishtirokni tiklashga qaratilgan har qanday urinish qat'iy qarshilikka duch kelishini” ta'kidlagandi.
Mahalliy hukumat, Chashm News xabariga ko'ra, hodisani o'q-dorilarning portlashi bilan izohlagan, deb xabar berdi report.az.









