OAV: AQShdagi ko'priklar global isish tufayli qulab tushishi mumkin

    AQShda global isish ko'priklar holatiga salbiy ta'sir ko'rsatib, ularning qulab tushishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda New York Times xabar berdi.

    “Iqlim o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan haddan tashqari issiqlik va suv toshqinlarining kuchayishi Amerika ko'priklarining buzilishini tezlashtirmoqda. Oqibatda mamlakat bo'ylab odamlar va tovarlarning xavfsiz harakatlanishi uchun sezilarsiz, ammo kuchayib borayotgan tahdid paydo bo'ldi”, deyiladi maqolada.

    Mutaxassislar, shuningdek, ko'priklarning eskirishi allaqachon AQShdagi tovarlar va ta'minot zanjirlari narxiga ta'sir ko'rsatayotgani haqida ogohlantirdi. Gap shundaki, AQShning ko'plab ko'priklari so'nggi yillardagi g'ayritabiiy issiq ob-havo uchun mo'ljallanmagan, deb xabar beradi lenta.ru.