Bu haqda Yamanning “Ansor Alloh” harakatidan husiy isyonchilar nazorati ostidagi Al Masirah telekanali xabar berdi.
Unga ko'ra, Al-Hodeyda viloyatida Qizil dengiz sohilida joylashgan, neft terminali joylashgan Ras-Isa bandargohi jumaga o'tar kechasi bombardimon qilingan. Qayd etilishicha, 17 nafar ishchi va xizmatchi, shuningdek, 5 nafar tez tibbiy yordam xodimi halok bo'lgan. Bandargohda katta yong'in sodir bo'lgan va yong'inga qarshi kurash hali ham davom etmoqda, deb xabar beradi report.az.
Al Masirah Al-Hodeyda gubernatori Abdalla Oteyfining so'zlaridan iqtibos keltirishicha, “Amerikaning jinoiy tajovuzi faqat fuqarolik infratuzilmasi obyekti bo'lgan Ras-Isa bandargohiga qaratilgan edi”. Uning ta'kidlashicha, AQShning harakatlari Yaman xalqini G'azo sektoridagi falastinliklarni qo'llab-quvvatlashdan voz kechishga majbur qila olmaydi.