Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, jasad britaniyalik tadbirkor Mayk Linchning qiziga tegishli bo'lib, u ham hodisa oqibatida hayotdan ko'z yumgan.
Bortida 22 kishi (12 mehmon va 10 ekipaj) bo'lgan Buyuk Britaniya bayrog'i ostidagi Bayesian elkanli kemasi 19-avgust kuni ertalab Palermo yaqinida cho'kib ketdi. Taxminlarga ko'ra, hodisa bo'ron tufayli sodir bo'lgan. Sohil qo'riqlash xizmati 15 nafar yo'lovchini, jumladan, shifoxonaga yetkazilgan bir yoshli bolani qutqarishga muvaffaq bo'ldi. Kema 49 metr chuqurlikka, qirg'oqdan taxminan 800 metr masofada cho'kib ketgan, deb xabar beradi report.az.