OAV: Drezdendagi ko'prikning katta qismi Elba daryosiga qulab tushdi

    Germaniyaning Drezden shahrida piyodalar hududi va tramvay yo'llari bo'lgan ko'prikning katta qismi Elba daryosiga qulab tushdi, deb xabar bermoqda Germaniyaning Bild gazetasi manbaga tayanib.

    “Chorshanbaga o'tar kechasi Drezdendagi Karolabryuke ko'prigining katta qismi Elbaga qulab tushdi”, deb yozadi nashr mahalliy vaziyat markazidagi manbaga tayanib.

    Hodisa oqibatida ko'prikning “tramvay yo'llari va piyodalar yo'lagining bir qismi” qulab tushdi, deb xabar beradi ria.ru.

    Sächsische nashrining mahalliy xizmatlarga tayanib xabar berishicha, ko'prikning yuz metrlik qismi qulaganidan keyin butun shaharda issiqlik ta'minotida muammolar kuzatilmoqda.