Bu haqda Mehr agentligi mamlakat hukumatiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tehron o'z havo hududini yopmoqda, shuningdek, butun armiyani eng yuqori tayyorgarlik darajasiga o'tkazmoqda. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Eron kuchlari har qanday vaziyatga tayyor.
Avvalroq Daily Express nashri AQSh yaqin haftalarda Erondagi yadro obyektlariga zarba berishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.
30-mart kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp agar Tehron yadro quroli ishlab chiqmaslikka rozi bo'ladigan kelishuvga erishilmasa, Eronni “misli ko'rilmagan bombardimon qilish” bilan tahdid qilgan edi, deb xabar beradi report.az.