“Suvga tashnalik jangovar harakatlar qayta boshlanganidan beri falastinliklar uchun tahdidga aylandi... Quduqlar va suv manbalarining vayron bo'lishi, asosiy dengiz suvini chuchuklashtirish zavodlariga oqar suv va quduqlarni ishlatish uchun yoqilg'i yetkazib berishni to'sib qo'yilishi o'tkir inqirozni yanada kuchaytirdi”, deyiladi axborot agentligining payshanba kungi bayonotida.
Hisobotda, shuningdek, bugungi kunda G'azo sektori aholisi shahar ehtiyojlarining 70 foizini qondiradigan oqar suvga ega emasligi, bu tanqislik yuqumli kasalliklar, ayniqsa, bolalar salomatligiga ta'sir qiluvchi kasalliklar tarqalishini kuchaytirishi mumkinligi qayd etilgan, deb xabar beradi ria.ru.