Isroil tomonidan Falastinning G'azo sektoridagi shahar va aholi punktlarini bombardimon qilish paytida vayron bo'lgan barcha binolarning vayronalarini ajratib olish va ularni olib chiqib ketish uchun kamida 15 yil, binolarni tiklash uchun esa 20 yil kerak bo'ladi. Bunday ma'lumotlar “Al-Qahira al-Ixbariya” telekanali tomonidan e'lon qilingan ekspert hisobotida keltirildi.
Unda aytilishicha, hozirda anklav hududi umumiy og'irligi 40 million tonnaga yaqin bo'lgan temir-beton binolar vayronalari bilan qoplangan. Hisobotda qayd etilganidek, bugungi kunga qadar sektorda deyarli 173,3 mingta bino bombardimon qilinishi oqibatida vayron bo'ldi, bu G'azodagi barcha binolarning yarmidan ko'p. Iqtisodchilarning fikricha, sektor xarobalarini tozalash uchun kamida 600 million dollar sarflash kerak bo'ladi.
Mutaxassislar, shuningdek, Isroil kuchlari tomonidan olib borilgan harbiy amaliyot tufayli yuzaga kelgan vayronagarchilik o'rnida binolarni tiklash ishlari uchun taxminan 20 yil vaqt sarflanadi, degan xulosaga kelishdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, G'azo sektorini rekonstruksiya qilish 40 milliarddan dollardan ko'proq mablag' sarflashni talab etadi, deb xabar beradi tass.ru.