Bu haqda Hindistonning PTI agentligi armiyadagi manbaga tayanib xabar berdi.
“Nazorat chizig'i bo'ylab Pokiston tashabbusi bilan ba'zi joylarda o'qotar qurollar vositasida otishma sodir bo'ldi”, dedi manba. “O'q otilishiga samarali javob qaytarildi”, deb qo'shimcha qildi u.
Qurbonlar haqida ma'lumotlar yo'q.
Pokiston armiyasi tomonidan o'qqa tutilishi 26 nafar tinch aholining hayotiga zomin bo'lgan Paxalgam terakti tufayli tomonlar o'rtasida keskinlik kuchaygan bir paytda sodir bo'ldi, deya xabar beradi agentlik.
Terakt ortidan mintaqada aksilterror amaliyotlari ham olib borilmoqda. Hindiston xavfsizlik kuchlariga ko'ra, kecha tunda terrorchilar va xavfsizlik kuchlari o'rtasida otishma sodir bo'lgan, deb xabar beradi report.az.