OAV: Indoneziya mamlakatda Telegramni bloklash masalasini ko'rib chiqmoqda

    Indoneziya Telegram va Bigo Live ilovasini mamlakatda pornografiya tarqalishi va onlayn qimor o'yinlarini targ'ib qilish ehtimoli tufayli bloklashni ko'rib chiqmoqda.

    Bu haqda mamlakat aloqa va axborotlashtirish vaziri Buri Ari Setiadiga tayanib, Jakarta Globe nashri xabar berdi.

    Uning xabariga ko'ra, vazirlik allaqachon ikkala platformaga ham qattiq ogohlantirishlar bergan, deb xabar beradi report.az.

    “Men Bigo Live va Telegramni zudlik bilan yopishni ma'qul ko'raman, lekin jamoa birinchi navbatda ko'proq tadqiqot o'tkazishi kerak. Biz jamoamiz tomonidan to'plangan dalillar asosida ishlaymiz. Agar pornografiya yoki qimor o'yinlari reklamasiga oid dalillarni topsak, platformalarni bloklashga kirishamiz, deya ta'kidladi u.