OAV: Isroil Erondagi obyektga raketa hujumi uyushtirdi

    Isroil Erondagi obyektga raketa hujumi uyushtirdi, deb xabar bermoqda ABC News amerikalik rasmiyga tayanib.

    Eron ommaviy axborot vositalari, Reuters agentligi xabariga ko'ra, Isfahon aeroporti yaqinida portlash sodir bo'lgan. Fars agentligi ma'lumotlariga ko'ra, portlash aeroport yaqinida sodir bo'lgan va u yerda Eron harbiy-havo kuchlarining 8-havo mudofaa tizimlari ishga tushirilgan.

    Mamlakat rasmiylari Tehron, Isfaxon va Sheroz ustidan parvozlarni bekor qildi, deb xabar beradi ria.ru.

    Eron Qurolli kuchlarining elita bo'linmasi – Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi Eronning Suriyadagi konsulligi bombardimon qilinishiga javoban 14-aprelga o'tar kechasi Isroilga zarba bergandi. Hujum, turli manbalarga ko'ra, yuzlab raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari vositasida amalga oshirilgan. Eron davlat telekanali – Press TV barcha gipertovushli raketalar nishonga yetganini xabar qildi.