OAV: Malayziya 16 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaydi

    Malayziya hukumati 2026-yilga qadar 16 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqlarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlash rejasini e'lon qildi, deb xabar beradi New Straits Times.

    Kommunikatsiya vaziri Fahmi Fadzilning so'zlariga ko'ra, platformalar taqiq uchun elektron identifikatsiya (eKYC) tizimini tayyorlashi kerak.

    “Biz barcha platforma provayderlari kelgusi yilga qadar choralarni amalga oshirishga tayyor bo'lishini kutamiz”, dedi vazir. Kelgusi oylarda Malayziya rasmiylari yoshni tekshirish tizimining tafsilotlarini operatorlar va jamoatchilik bilan muhokama qilish va muvofiqlikni monitoring qilish mexanizmini yaratish niyatida.

    Oktabr oyi boshida Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun minimal yoshni 13 yoshdan 16 yoshgacha oshirishga qaror qilgan edi. Malayziya hukumati ushbu chora o'smirlar uchun kiberhujum va onlayn firibgarlikdan tortib onlayn jinsiy tajovuzgacha bo'lgan xavflarni kamaytirishga qaratilganligini ta'kidlamoqda, deb xabar berdi ria.ru.