Bu haqda Ynet portali xabar berdi.
Unga ko'ra, hodisa Florida shtatidagi Mayami-Bich kurort shahrida sodir bo'lgan. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, isroillik sayyohlar – ota va o'g'il avtomobilda ketayotgan edi, hujumchi ularning mashinasiga yetib olib, o'girilib, yugurib chiqib, ular tomonga jami 17 marta o'q uzgan. Jabrlanganlar qochishga harakat qilishgan, ulardan biri yelkasidan, ikkinchisi qo'lidan o'q jarohatini olgan, ularning hayoti xavf ostida emas.
Hujum qilgan shaxs 27 yoshli yahudiy Mordexay Brafman ekani ma'lum bo'ldi, deb xabar beradi Ynet. Voqea sodir bo'lganidan so'ng u uyiga qaytib kelgan va u yerda tez orada politsiya tomonidan qo'lga olingan. U hozir hibsda va qotillikka urinishda ayblanmoqda, deb xabar beradi oxu.az.
Tergovchilar uning harakatlari sabablari haqida hali rasman hech narsa deyishmayapti, biroq so'roq paytida u falastinliklarga qarata o'q uzgan deb o'ylaganini va ularni o'ldirganiga ishonganini aytgan. “Shuni aytib o'tish joizki, ayblanuvchi bizning so'roq xonamizda hibsda bo'lganida o'z yuk mashinasini haydab ketayotib, ikki falastinlikni ko'rganini va ikkalasini ham otib tashlaganini aytdi. Jabrlanuvchilar va ayblanuvchi bir-birlarini tanimaydi”, deyiladi politsiya bayonotida.