Geo TVning politsiyaga tayanib xabar berishicha, hujum nishoni xorijlik diplomatlar, jumladan, Rossiya elchisi Albert Xoryevni olib ketayotgan kortej bo'lgan. Portlash kuzatib boruvchi mashina yaqinida sodir bo'lib, bir politsiyachi halok bo'ldi, to'rt nafari yaralandi.
Qayd etilishicha, barcha diplomatlarning xavfsizligi ta'minlangan va ular Islomobodga yo'l olishmoqda.
Avvalroq Rossiya diplomatik missiyasi matbuot xizmati Xoryev bir necha davlat elchilari delegatsiyasi tarkibida Pokiston shimolida bo'lganini ma'lum qilgandi. U Pokiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Svat vodiysidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida tashkil etilgan turizmni rivojlantirish forumida ishtirok etdi, deb xabar beradi tass.ru.