AQSh davlat kotibi Marko Rubio yuqori martabali amaldorlar bilan yopiq brifingda Vashington Grenlandiyaga bostirib kirmoqchi emasligini, aksincha uning maqsadi orolni Daniyadan sotib olish ekanini aytdi, deb xabar berdi Wall Street Journal manbalarga tayanib.

“Davlat kotibi Marko Rubio qonun chiqaruvchilarga ma'muriyatning Grenlandiyaga so'nggi tahdidlari yaqin orada bostirib kirishdan darak bermasligini va maqsad orolni Daniyadan sotib olish ekanini aytdi”, deb yozdi nashr.

Rubioning qo'shimcha qilishicha, Oq uy o'z bayonotlaridan Daniyani muzokaralarga kirishishga bosim o'tkazish uchun foydalanmoqda, deb xabar berdi ria.ru.