OAV: Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

    Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Koreya Respublikasi shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasiga tayanib, Yonhap xabar berdi.

    Agentlik snaryad turi va uning masofasi haqida ma'lumot bermayapti. Qayd etilishicha, hozirda Janubiy Koreya harbiylari vaziyatni tahlil qilmoqda.

    O'z navbatida, NKK Yaponiya qirg'oq qo'riqlash xizmatiga tayanib, raketa mamlakatning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqarida suvga tushib ketganini qo'shimcha qildi. Raketa uchirilishi oqibatida yetkazilgan zarar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi report.az.