Jurnalistlar ta'kidlaganidek, chorshanba kuni Shveytsariya aviakompaniyasi samolyoti bortida Syurixdan Bryusselga parvoz paytida yo'lovchilardan birining tobi qochib qolgan, shundan so'ng ekipaj a'zolari boshqa yo'lovchilardan kim birinchi yordam ko'rsatishi mumkinligini so'rashgan.
“Yo'lovchilardan biri rozi bo'ldi. Samolyot Bryusselga eson-omon qo'nguncha u birinchi tibbiy yordam ko'rsatdi. U yerda esa mas'uliyatni shifokorlar o'z zimmasiga olishdi. Qo'ngandan so'ng uning oldiga qora “Mersedes” keldi. Biroq yordam bergani uchun mukofot sifatida emas, balki u EK rahbari Ursula fon der Lyayen bo'lgani uchun”, deb yozadi sharhlovchilar.
Material mualliflari Ursula fon der Lyayenning Gannover tibbiyot maktabida doktorlik darajasiga ega ekanligini eslatishdi, deb xabar beradi ria.ru.