OAV: Xodeydadagi radiostansiya binosiga qilingan hujum qurbonlari soni 14 nafarga yetdi

    30 dan ortiq kishi esa jarohat oldi, deb xabar berdi Al Masirah telekanali.

    AQSh va Britaniya havo kuchlarining Hudeyda shahrida husiylarning “Ansor Alloh” harakati nazorati ostidagi radiostansiya binosiga uyushtirgan zarbasi tufayli halok bo'lganlar soni 14 kishiga yetdi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda husiylarga tegishli Al Masirah telekanali xabar berdi.

    Juma kuni kechqurun AQSh va Buyuk Britaniya Yamandagi huciy nishonlariga hujum qildi, deb xabar beradi tass.ru. Al Masirah xabariga ko'ra, zarbalardan biri Al-Xok hududida joylashgan radiostansiyaga berilgan. Dastlab ikki kishi halok bo'lgani va o'n kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.