OAV: Xolid Mashal Yahyo Sinvar o'limidan so'ng HAMASning yangi rahbari bo'ldi

    Isroil armiyasi HAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarni yo'q qilganidan so'ng, Falastin harakatining xorijdagi vakolatxonasi rahbari Xolid Meshal tashkilotga rahbar bo'di.

    Bu haqda Livanning LBCI axborot portali manbalarga tayanib xabar berdi.

    Manbalar Xolid Mashal harakat rahbari vazifasini bajaruvchi rolini o'z zimmasiga olganini va endi garovga olinganlarni ozod etish bo'yicha muzokaralarda ishtirok etayotgan asosiy tomonlar bilan barcha aloqalar uchun mas'ul ekanini tasdiqladi, deb xabar beradi report.az.

    Manbalar, shuningdek, “HAMAS rahbariyati Turkiya, Qatar va Misr rasmiylarini Tel-al-Sultondagi operatsiya oqibatida Sinvarning o'limi haqida xabardor qilgan va uning o'ldirilishidan keyin asirlarni almashish va urushni tugatish bo'yicha muzokaralar olib borilishi yanada qiyinlashishini ta'kidladi”, deb yozadi portal.