Loyihada qator yangiliklar koʻzda tutilgan. Jumladan, endi OAV foto va videomateriallarni tayyorlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali tegishli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgacha boʻlgan balandlikda, vazni uch kilogrammdan ziyod boʻlmagan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, loyihada roʻyxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan tegishli koʻrsatkichlar bilan suratga olish taqiqlangan hududlardan tashqari jamoat joylari, bino va inshootlarni hech qanday cheklovlarsiz foto va video tasvirga olish huquqi, OAVlar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushini oʻttiz foizdan qirq toʻqqiz foizgacha oshirishga ruxsat berilmoqda.