Oʻzgidromet yurtimiz boʻyicha 5-9 centyabrgacha boʻlgan ob-havo bashoratini maʼlum qildi.
Havo harorati kechalari 15-20°, kunduz kunlari 34-39° atrofida boʻladi.
Haftaning ikkinchi yarmida mamlakatimiz hududiga salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari 13-18° gacha, kunduz kunlari 30-35° gacha biroz pasayadi. 7-9 centyabr kunlari faqat Qoraqalpogʻiston tumanlari boʻyicha qisqa muddatli yomgʻir yogʻish ehtimoli bor.
6 centyabr kuni shimolda, 7-8 centyabr kunlari respublikaning choʻl hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.