Qurilish vazirligi ijtimoiy tarmoqlada aholi tomonidan ko'tarilgan masalalar yuzasidan tahliliy ma'lumot taqdim etdi.

Unda qayd etilishicha, Prezidentimizning “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2019 yil 28 noyabrdagi farmoniga asosan
2020 yilda 30010 ta kvartirali arzon uy-joylar qurish belgilangan

Jumladan:

- 2020 yilda «Qishloq qurilish invest» IK» MCHJ buyurtmachiligida qishloq joylarda 8 000 ta ko'p kvartirali arzon uy-joylar qurish;

- 2020 yilda «O'zshahar qurilish invest» IK» MCHJ buyurtmachiligida shaharlarda 4 256 ta ko'p kvartirali arzon uy-joylar qurish;

-  2020 yilda qishloq joylarda yangi tartibga muvofiq 4 000 tako'p kvartirali uy-joylar qurish;

- 2020 yil shaharlarda yangi tartibga muvofiq 13 754 ta ko'p kvartirali uy-joylar qurish belgilangan.

2021 yil 5 fevral` holatiga Davlat qabul qilish komissiyasining dalolatnomalari rasmiylashtirish ishlari bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- «Qishloq qurilish invest» IK» MCHJ tomonidan 5947 ta (74,3%);

-«O'zshahar qurilish invest» IK» MCHJ tomonidan 2118 ta (49,8%);

- Qishloq joylarda yangi tartibga muvofiq 1159 ta (29,0%);

- SHaharlarda yangi tartibga muvofiq 453 ta (3,3%) bajarilgan;

Jami 30010 ta ko'p kvartirali uy-joylardan 9 677 tasi (32,2%) foydalanishga topshirildi.

-Hududiy nazorat inspektsiyalar tomonidan mazkur ob'ektlar qurilishi davomida jami 8 197 marotaba nazorat ishlari amalga oshirildi, - deydi Qurilish-nazorat inspektsiyasi qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat  bo'limi boshlig'i o'rinbosari O'ktam SHamsiddinov. - Ob'ektlarning qurilish-montaj ishlari jarayonida kamchilik va nuqsonlar aniqlanib, kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha bajarilishi majburiy bo'lgan jami 2 125 ta yozma ko'rsatmalar berildi. (shundan, 1346 ta pudratchiga, 614 ta buyurtmachiga, 165 ta loyiha tashkilotiga)

Ob'ektlar qurilishida 158 ta holat bo'yicha sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari vaqtinchalik qayta bajarilgunga  qadar jami
5,4 mlrd.so'mlik mablag' buyurtmachi tomonidan chegirib qolindi.

O'zbekiston Respublikasi “Ma'muriy javobgarlik to'g'risida”gi Kodeksning 99-moddasiga asosan 89 ta mansabdor shaxslarga nisbatan ma'muriy hujjatlar to'plami tayyorlanib, tegishliligi bo'yicha ma'muriy sudlarga yuborilgan.

                                                                    B.XIDIROVA,

                                                          “Yangi O'zbekiston” muxbiri