Obidalardagi Arslon Samarqand timsolimi?

    Qadimgi turkiy xalqlarda boshqa xalqlar kabi totem tushunchasi ustuvor boʻlgan. Arslon, boʻri kabi totemlar ularda muhim ahamiyat kasb etgan. Qurilishlar yoki yurishlarda ham bu ramzlardan keng foydalanishgan.

    Rivoyatlarga koʻra, Samarqand shahrida devor qurilib bitganda Zarafshon togʻidan arslon tushganmish. U devorlarni aylanib chiqibdi, binoga goʻyo ruxsat beribdi va yana togʻlar orasiga qaytib ketibdi.

    Oʻshandan beri “arslon” Samarqand shahri timsoli boʻlgan. Qoraxoniylar davrida ham hukmdor “Arslonxon” deb bejizga aytilmagan boʻlsa kerak. Ularning bayroqlari va gerblarida sher va arslon tasvirlangan. Oqsaroyda ham sher tasvirlangan.

    Abu Said Abdurahmon Ibn Muhammad Idris arslon voqeasini tasvirlar ekan, shunday yozadi: "Samarqandliklar magʻrur va injiq, yolgʻonga toqat qilmaydilar, boylikka intilmaydilar, ularning qalbi faqat shon-sharaf va iftixor uchundir.