Bosh prokuror oʻrinbosari rahbarligidagi Respublika shtabi tomonidan Investitsiya dasturidagi 2.413 ta, “Yangi Oʻzbekiston” massivlaridagi 676 ta va “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlaridagi 11.427 ta loyihaning har biri monitoringga olingan.
Dasturlar ijrosida kamchilikka yoʻl qoʻygan va oʻz vazifasini lozim darajada bajarmagan 252 nafar masʼullar intizomiy va 359 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Qurilish sohasida qoʻpol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 61 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklab berildi.