“Obod uy” elektron dasturini koʻchmas mulk kadastrining billing tizimiga integratsiya qilinishi taʼminlandi hamda toʻlovlarni Markaziy bankning kliring va boshqa toʻlov tizimlari orqali onlayn tarzda amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi. Xususan,
- 2017-yilda 5,8 mlrd.soʻm;
- 2018-yilda 80,1 mlrd.soʻm;
- 2019-yilda 257,9 mlrd.soʻm miqdoridagi majburiy badal toʻlovlari yigʻilib, toʻliqligicha koʻp kvartirali uylarni saqlash va taʼmirlashga hamda uy-joy mulkdorlarining shirkatlari tomonidan koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash uchun olingan kredit qarzdorligini qaytarishga yoʻnaltirildi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida, “Obod uy” elektron dasturining mobil ilovasi ham ishlab chiqilgan.