“Mahalla” xayriya jamoat fondi ham mazkur obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etdi. Xususan, fondning respublika boshqaruvi tashabbusi bilan hududlar bilan onlayn videoaloqa orqali har saotlik ma'lumotlar olib turildi.

Umumxalq hashari davomida 8 yarim millionga yaqin aholi ishtirok etdi. 17 ming gektarga yaqin er-maydonlari obodonlashtirilib, 12 ming kilometrga yaqin ariq va lotoklar tozalandi. 9000 dan ortiq qabriston va 650ga yaqin ziyoratgohlar obodonlashtirildi. Xayriya hashari davomida 8 milliondan ziyod mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Bundan tashqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga muruvvat yordamlari ko'rsatiladi. Jumladan, 13 mingga yaqin kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam berilаdi. 5 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta'mirlanadi.

 “Mahalla” fondi

matbuot xizmati