Haftalik doirasida bir qator vazirlik va idoralarda “Ochiq eshiklar kunlari” tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir davlat organlari faoliyatining ochiqligi, jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini taʼminlash, ular faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish maqsadida tashkil etiladi. Tadbir davomida jurnalist, bloger hamda fuqarolar mazkur idoralar masʼullaridan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Ochiq eshiklar kuni doirasida quyidagi tashkilotlarga soat 10:00 dan 16:00 gacha tashriflar kutilmoqda:

3-dekabr kuni

1. Oʻzbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi;

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;

3 .Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi;

4. “Oʻzbekneftgaz” AJ;

4-dekabr kuni

1.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi;

2.Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;

3.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;

4.“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB.

Barcha xohlovchilar mazkur “Ochiq eshiklar kuni” da ishtirok etishi mumkin. Buning uchun mazkur ariza shaklini 2020-yilning 24-noyabridan 30-noyabriga qadar toʻldirib yuborishingiz soʻraladi. Bunda bitta yoki bir nechta tashkilotga tashrif buyurish imkoniyati mavjud boʻladi. Bu tashrif buyuruvchining tanloviga bogʻliq.

“Ochiq eshiklar kuni”da qatnashing va tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishing.