Navoiy viloyatida boʻlib oʻtgan navbatdagi shunday tadbir “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasiga oid murojaatlar va muammolar” mavzusiga baishlandi. Unda 50 nafarga yaqin fuqaro va tadbirkorlar oʻzlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi, deb xabar beradi .Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.
Karantin qoidalariga rioya qilib, ochiq havoda tashkil etilgan tadbirda inson manfaatlarini taʼminlash uchun avvalo odamlarning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligi alohida taʼkidlandi.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash borasida asos solingan yangi tizim — ijtimoiy adolatni taʼminlash barobarida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish yoʻlidagi strategik maqsadlarga erishishning qudratli vositasiga aylanmoqda.
Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning muammolari atroflicha tinglanib, ularning har biri alohida nazoratga olindi. Koʻtarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga aniq muddatli topshiriqlar berildi.
Muloqotning bunday samarali usuli aholini tashvishlantirayotgan muammolarning bartaraf etilishida hamda ularning davlatdan rozi boʻlib yashashida muhim ahamiyat kasb etadi.