Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, davlat organlari va tashkilotlari har yili:

1-martga qadar oʻz faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;

10-martga qadar uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar beradi;

1-aprelga qadar oʻz faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanlarini oʻtkazadi.

2021-yil 1-iyuldan boshlab rasmiy veb-saytda va Ochiq maʼlumotlar portalida quyidagi maʼlumotlar joylashtiriladi:

amalga oshirilgan davlat xaridlari, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar;

mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, shu jumladan, individual imtiyozlar berilgan subyektlarning benefitsiarlari, ular tomonidan toʻlangan soliqlar va moliyaviy koʻrsatkichlar;

oʻzlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi, shu jumladan, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish xarajatlari;

Quyidagi imtihonlarni oʻtkazish jarayoni Internet tarmogʻida jonli efirga uzatiladi:

OTMlarning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish uchun test va ijodiy imtihonlar;

magistratura bosqichiga qabul imtihonlari;

respublikadagi yoki xorijdagi OTMdan respublikadagi davlat OTMga oʻqishni koʻchirish istagini bildirgan talabalardan olinadigan imtihonlar;

xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishda talabgorlardan olinadigan test sinovlari.