Qadimiy va navqiron Buxoro shahridagi Poyi Kalon majmuasida viloyat turizmni rivojlantirish departamenti sovrini uchun shaxmat musobaqasiga start berildi.

“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida oʻtayotgan ushbu musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan shaxmat ixlosmandlari oʻzaro musobaqalashmoqda.

Bu kabi tadbirlar viloyat aholisi orasida aql-idrok sporti – shaxmatning yana-da ommalashishiga xizmat qiladi.