Ochiq tanlov asosida Boʻka tumani hokimi oʻrinbosari tayinlandi

    Ijtimoiy hayot 25 Sentabr 2020 2755

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida eʼlon qilingan vakant lavozimlarga ochiq tanlov natijalariga koʻra, Boʻka tumani hokimi oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi lavozimiga Xayrullayev Furkat Xamidullayevich tayinlandi.

    Shuningdek, Boʻka tumani hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya masʼul kotibi lavozimiga eʼlon qilingan tanlov natijasiga koʻra Sattorov Muzaffar Ilxomovich ushbu lavozimga munosib koʻrildi.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5843-sonli Farmoniga muvofiq, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tartibida butun vertikal boʻylab — davlat boshqaruvi organlarida va hududlardagi barcha davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshirilmoqda.

    Istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilish maxsus platforma — Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali tashkillashtiriladi.

    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi