OCHL: qaysi mamlakatdan nechta jamoa ishtirok etadi?

    O'zbekiston oldigi saflarda

    Osiyo Chempionlar ligasiga qur'a tashlanganidan xabaringiz bor albatta. Xo'sh, bizning jamoalarimiz qatnashadigan G'arbiy mintaqada qaysi mamlakatdan nechtadan jamoa ushbu bahsda ishtirok etadi?

    Bu ro'yxatda O'zbekiston Saudiya Arabistoni bilan eng oldingi o'rinda turibdi. Bu ikki mamlakatdan to'rttadan, erondan uchta, Qatar va BAAdan ikkitadan, shuningdek, Iordaniya, Tojikiston, Iroq, Turkmaniston va Hindistondan bittadan jamoa OCHLning G'arbiy mintaqasi g'olibligi uchun kurash olib boradi.

    Eslatib o'tamiz, “Paxtakor”, “Nasaf”, AGMK va “Navbahor” jamoalari OCHLda yurtimiz sharafini himoya qiladi.