Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5-iyul kuni poytaxtning Chilonzor tumanidagi bogʻlarning birida 2004-yilda tugʻilgan Sh.S., 2001-yilda tugʻilgan S.S. va 2004-yilda tugʻilgan T.A.lar fuqarolar bilan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yoʻli bilan masjid qurilishi, nogironlarga yordam kabi bahonalarni ishlatib pul yigʻayotgani aniqlangan. Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlangan va ulardan ashyoviy dalil sifatida pul mablagʻlari xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. IIBB xabariga koʻra, tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.