Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

    Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–141-son, 21.08.2025-y.) da belgilandi.

    Farmonga koʻra, 2025-yil 1-oktyabrdan:

    1. sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning 6 oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida tashkil etiladi;
    2. kurslarga qabul qilingan shaxslar ularning egallagan lavozimi butun oʻqish davri mobaynida saqlanadi;
    3. oʻqish davrida tinglovchilarga sudya yordamchisining 1 oylik mehnatiga haq toʻlash fondi miqdorida har oyda stipendiya toʻlanadi;
    4. kursga qabul qilish quyidagilardan iborat tanlov asosida amalga oshiriladi:
    • psixologiya,
    • chet tillari;
    • sud ixtisosligi boʻyicha test sinovlari;
    • yozma imtihon;
    • yakka tartibdagi suhbat.

    Yakuniy attestatsiya imtihoni natijalariga koʻra, kursni tamomlagan bitiruvchilar arizasiga asosan boʻsh sudyalik lavozimlariga oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadilar.

    Oʻqish dasturini oʻzlashtirmagan va yakuniy attestatsiya imtihonidan oʻtmagan tinglovchilar, boʻsh sudyalik lavozimiga 3-yilgacha muddatda ariza topshirmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan bitiruvchilar olingan stipendiya summasini toʻliq miqdorda qoplab beradi.