OʻFA qoshida futbol hakamlari akademiyasi tashkil etiladi

    Ushbu akademiyaga xalqaro tajriba asosida faoliyat yuritib, futbolchilik faoliyatini turli sabablarga koʻra yakunlagan, jismonan yetuk, futbol boʻyicha yetarli bilimga ega hamda chet tillarini biladigan yoshlar jalb etiladi.

    Oʻzbekistonlik futbol hakamlari har doim Osiyo miqyosida yuqori mavqega ega boʻlib kelgan. Jahon chempionatlarida hakamlik boʻyicha rekordlar, Osiyo kuboklarining hal qiluvchi oʻyinlarini boshqarish, qitʼa va jahon miqyosida eng yaxshi hakamlik boʻyicha individual sovrinlarni qoʻlga kiritish kabi yutuqlarni eslab oʻtish mumkin. Bugungi kunda ham hakamlarimiz xalqaro musobaqalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

    Bir necha avlod davomida shakllangan hakamlik maktabini yanada mustahkamlash, yosh hakamlarga professional darajada bilim va koʻnikmalar berish, hakamlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish orqali ish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshida Hakamlar akademiyasi tashkil etilmoqda.