“Ofitser 55” seriali – oʻzbek kinematografiyasida yangi bosqich ekani aytilmoqda

    Kinematografiya agentligi va Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda “Ofitser 55” kino seriali suratga olindi.

    10 qismli badiiy serialning maqsadi ichki ishlar organlarini xizmat faoliyatini keng ochib berib, oʻziga hos ogʻir xizmatda ularning ushbu vaziyatdan qanday chiqishi, halqimiz tinchligi va osoyishta hayoti uchun jonini berishga tayyor ekanligini koʻrsatib berishdir. Ularning professional tayyorgarligi va prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning mazkur sohaga qaratayotgan eʼtibori va olib borilayotgan katta islohatlar keng qamrovda namoyish etilgan. Filmning yana bir asosiy maqsadi yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, narkotrafikaning iskanjasiga tushmasliklari, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish, ularni professional kadr etib tayinlash, qolaversa mazkur sohaga qiziqishini oshirishdan iborat. Voqealar Toshkent shahrida yuz beradi.

    Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv tezkor vakili kapitan Rustam Qodirov professional tayyorgarlikka ega, mazkur sohada oʻziga hos tajriba va taktikaga ega xodim. Barcha ogʻir jinoyatlarni tez va issiq izidan ochish borasida kasbdoshlari orasida hurmat qozongan boʻlib ayniqsa, uning boshligʻi jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Ravshan Oʻrinov uning iqtidoriga koʻp yillardan beri ishonadi va unga eng muhim vazifalarni topshiradi.

    Kapitan Rustam Qodirovga shaharda nomaʼlum sabablarga koʻra vahshiyona oʻldirib ketilgan taniqli biznesmen oilasining qotillik jinoyat ishini ochish topshiriladi. Oilaning 3 nafar aʼzosi oʻldirilib, 6 oylik chaqaloq esa oʻgʻirlab ketilgan. Hayot tajribasida bunday jinoyatga duch kelmagan kapitan Qodirov darhol ishga kirishadi. Ammo jinoyatchi ham oddiy emas, professional boʻlib, oʻzidan iz qoldirmaydiganlardan. Kapitan Qodirov ishga qanchalik kirishgani sari, mazkur jinoyat orqali boshqa jinoiy qilmishlar va jinoiy guruhlar aʼzolari aniqlanadi. Ish shu darajaga taqaladiki, kapitan Qodirov boshi berk koʻchaga kirib qoladi, mazkur jinoyat bilan uning oʻtmishi bogʻliqligi maʼlum boʻladi. Mazkur guruhlar ortida kapitan Qodirovga tegishli boʻlgan shaxslar nomoyon boʻladi.

    Qodirovning hamkasbi Katta leytenant Lola Maxsudova, oʻziga ishongan, irodali va gʻayratli xodim. Kapitan Qodirov bilan koʻp yillardan beri xizmat qiladi va unga hurmati cheksiz. Ammo katta leytenant Maxsudova ishga kirishib mazkur ishda aynan kapitan Qodirovning oʻzi aralashganlikda gumonlari paydo boʻladi va hamkasbi mayor Usmonov Sanjar bilan birlashadi.

    Mayor Usmonov oʻz ustida ishlovchi, oʻzining taktikasiga ega, iqtidorli tezkor vakil boʻlib, kapitan Qodirovni oldindan suymaydi. Ish chigallashib, oraga kapitan Sherzod Siddiqov kiradi. Kapitan Qodirov jinoyatni ochishga qanchalik harakat qilmasin, jinoiy guruh uning rejalaridan aniq voqif boʻlayotganliklarini va vaqtida chora koʻrayotganliklarni tushunib yetadi. Kapitan Qodirov oʻzining ichida “kalamush” borligini lekin aynan kim ekanligini aniqlashga kirishadi. Katta leytenant Lola Maxsudova, mayor Usmonov, kapitan Siddiqov, hatto Boshliq podpolkovnik Ravshan Oʻrinovda kapitan Qodirovning oʻziga shubha uygʻonadi...

    Cerialda asosiy rollarni aktyorlar Jamshid Asadov, Erkin Bozorov, Anton Paxomov, Feruza Yusupova, Nigina Anarbayeva, Boris Gafurov, Nigora Karimbayeva, Abror Yoʻldoshev, Anastasis Dmiropolislar ijro etgan.

    Rossiya Federatsiyasidan maxsus asosiy rollardan birini ijro etish uchun taklif qilingan aktyor Anton Paxomov “Ofitser 55” filmida bosh rollardan birini ijro etgan. Taniqli aktyor 3 marotaba Rossiya Federatsiyasi (zolotaya maska) sovrindori boʻlgan.