OFK Kubogi “F” guruhi o'yinlari Dushanbeda o'tadi

    Bu haqda TFF rasmiy sayti xabar tarqatdi

    Osiyo futbol konfederatsiyasi OFK Kubogi 2021 yilgi mavsum guruh bosqichi “F” guruhi o'yinlari markazlashgan holda Tojikistonda o'tkazilishini e'lon qildi.

    “F” guruhidan O'zbekistonning OKMK yoki “Nasaf” Tojikistonning “Xo'jand”, Turkmanistonning “Oltin asr” va Qirg'izistonning “Oloy” klublari joy olgan.

    Guruh bosqich o'yinlari markazlashgan tizimda 14-20 may kunlari Dushanbedagi “Markaziy” stadionida o'tkaziladi. Guruh g'oliblari o'rtasidagi pley-off bahslari esa 11-25 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Bu o'yinlar mezboni hali aniq emas.

    Qayd etish joizki, OKMK Qatarning “Al-G'arafa” klubiga qarshi OCHL saralash bosqichi pley-off bahsida g'alaba qozonsa, OCHL “A” guruhidan joy oladi. “Nasaf” esa OFK Kubogida ishtirok etadi. Aks holda Olmaliq klubi OFK Kubogi “F” guruhida qatnashib, o'yinlarini Dushanbeda o'tkazadi.

    OFK kubogi “F” guruhi o'yinlari jadvali:
    1-tur
    14 may.
    OKMK/”Nasaf” – “Oloy”.
    “Oltin asr” – “Xo'jand”.

    2-tur
    17 may.
    “Oloy” – “Oltin asr”.
    “Xo'jand” – OKMK/ “Nasaf”.

    3-tur
    20 may
    OKMK/ “Nasaf” – “Oltin asr”.
    “Xo'jand” – “Oloy”.