— Ogʻiz qurishini tashxislashda qanday tekshiruvlar talab etiladi?

— Avvalo, shifokor bemorning shikoyatlari bilan tanishadi va uning soʻzlaridan bu muammoga olib kelishi mumkin boʻlgan kasalliklar bor-yoʻqligini aniqlaydi, — deydi shifokor.

— Shundan soʻng, zarurat boʻlsa, peshob va qon analizlari, soʻlak bezlarining ultratovush tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin. Aytish lozimki, ushbu muammoning asl sabablarini aniqlash uchun bir vaqtning oʻzida psixolog, nevrolog, terapevt, revmatolog kabi shifokorlarning ishtiroki talab etiladi.

— Kasallik qanday davolanadi?

— Agar ogʻiz qurishiga soʻlak bezlarining normal ishlamayotganligi sabab boʻlsa, bu muammoni bartaraf etish uchun stomatolog bir necha dorilarni tavsiya qilishi mumkin.

Shuningdek, ovqatni yaxshi va uzoq chaynash tegishli soʻlak bezlarining yetarli miqdorda shira ajratishiga va ogʻiz qurib qolmasligiga yordam beradi.

Bundan tashqari, burundan nafas olish, koʻp suyuqlik ichish, ogʻizni suv bilan muntazam chayib turish, zararli illatlardan voz kechish, gazlangan ichimliklar, choy, qahva, shoʻr va achchiq ovqatlarni cheklash, koʻp asabiylashmaslik, dori vositalarini oʻzgartirish ham bu holatdan tezroq xalos boʻlishga koʻmaklashadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.